“371-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish — Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-782-son)
“371-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-782-son) · Sana: 29.06.2022 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taʼminlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi”;
9) 41-moddaning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻla hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi”;
Mazkur Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulkida boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektini, shuningdek uy-joy binolarini hamda boshqa binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
10) 51-moddaning oʻn birinchi qismidagi “davlat va jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 72-moddaning uchinchi qismidagi “davlat va jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 86-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zararlarning oʻrnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi 666-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 432-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) 14-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari toʻgʻrisidagi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 11-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mol-mulk mulkdorlardan jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olinayotganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qoʻyilayotganda”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda) 25-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻliq hajmda berilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat va jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 7-moddasining yettinchi qismidagi “davlat va jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasining birinchi qismidagi “mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (haqini toʻlab olinishi)” degan soʻzlar “mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-336-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 245-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova) 19-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining huquq egasi oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim”;
toʻqqizinchi qismdagi “buzib tashlanayotgan uy oʻrniga yakka tartibda uy-joy qurishi uchun fuqaroga yer uchastkasi berish” degan soʻzlar “fuqaroga olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda) 71-moddasi birinchi qismining 6-bandidagi “davlat yoki jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda) 240-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “davlat ehtiyojlari uchun mulkni majburiy tartibda olib qoʻyish” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari uchun mulkni olib qoʻyish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-mayda qabul qilingan “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-538-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 263-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) 19-moddasining yettinchi xatboshisidagi “davlat va jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda) 82-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “371-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-782-son). neolex.uz/uz/laws/law-6087335/371 (lex.uz/docs/-6087330)