“38-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini musodara qilish
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-782-son) · Sana: 29.06.2022 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasi jinoyat-protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mulkdordan sud qarori asosida olib qoʻyilishi (musodara qilinishi) mumkin”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-dekabrda qabul qilingan “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-742-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1200-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-ilova I-boʻlimi 2-pozitsiyasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 2. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma ”;
2) 5-ilova 31-pozitsiyasining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga transfertlar 500 000,0 ”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
22-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-iyun,
OʻRQ-782-son
