“931-modda. Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-779-son) · Sana: 16.06.2022 · Amalda
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylov okrugi saylovga yigirma sakkiz kun qolganda, okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganda, saylov uchastkasi esa saylovga yigirma kun qolganda, uchastka saylov komissiyalari saylovga oʻn besh kun qolganda tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻn besh kun qolganda tugallanadi.
Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan boʻlsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida oʻn besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida oʻttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oʻtkazilmasligi mumkin”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-635-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 8, 492-modda; 2021-yil, № 8, 800-modda) quyidagi mazmundagi 401-modda bilan toʻldirilsin:
