“401-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-779-son) · Sana: 16.06.2022 · Amalda
Maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan, tugatilgan yoki uning chegaralari oʻzgartirilgan taqdirda uning hududida joylashgan saylov okruglarini tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda saylov okruglarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish yoki ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun kiritilguniga qadar, qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-iyun,
OʻRQ-779-son
