20-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari lavozimlariga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-778-son) · Sana: 15.06.2022 · Amalda
Quyidagi shaxslar qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarga ishga (xizmatga) qabul qilinmaydi:
qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
jinoiy jazoni oʻtayotgan shaxslar;
mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun bir yil ichida takroran maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar;
ruhiy kasalliklari boʻlgan, narkologik kasalliklarga chalingan, shuningdek sogʻligʻining holatiga nisbatan belgilangan talablarga javob bermaydigan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar;
chet el fuqarolari boʻlgan shaxslar;
qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning maxsus talablariga javob bermasa.
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarga ishga (xizmatga) kirish uchun nomzodlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha talablar qoʻyilishi mumkin.
