4-modda. Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (O‘RQ-777-son) · Sana: 09.06.2022 · Amalda
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) uchun universal pochta xizmatlaridan foydalana olish;
pochta aloqasi sohasidagi texnik talablar, normalar va qoidalarning yagonaligi;
foydalanuvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining taʼminlanishi;
pochta aloqasining siriga rioya etilishi;
xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari tranzitining erkinligi.
