7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatlari
Reklama toʻgʻrisida (O‘RQ-776-son) · Sana: 07.06.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
reklamaning aylanishi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tashqi reklamani tayyorlash va joylashtirish tartibini belgilaydi;
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimlarning tabaqalashtirilgan miqdorlarini aniqlash tartibini belgilaydi;
Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
