“491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga yer uchastkalarini berish
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-775-son) · Sana: 06.06.2022 · Amalda
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi”;
14) 53-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boʻsh turgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer xoʻjaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
15) 55-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
