“1115-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni meros qilib olish
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-775-son) · Sana: 06.06.2022 · Amalda
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni meros qilib olish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Kodeks qoidalari bilan tartibga solinadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 37-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik yoki jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda berilgan, muhofaza qilishga va takror koʻpaytirishga doir tadbirlar, ov qilish va (yoki) baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligidir.
Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari yoki suv obyektlari qonunda belgilangan tartibda berilishi mumkin”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
