324-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) maʼruzalarini koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Senat har yili oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash hollarining oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruza dastlabki tarzda Senat qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Senat majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) chiqishi bilan boshlanadi, maʼruzadan soʻng Senat qoʻmitalarining vakillari soʻzga chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Senatga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzani taqdim etishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzasini koʻrib chiqish tartibi Senatning Reglamenti bilan belgilanadi.
