321-modda. Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi. Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi Senat qarori oldindan tegishli davlat organiga yuboriladi.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qaror tegishli davlat organiga yuboriladi.
