50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish
“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (614-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir.
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonunchiligida nazarda tutilgan talablar bajarilmogʻi lozim.
