42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi
“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (614-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin.
Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi.
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi.
Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.
