48-modda. Huquqlar garovga qoʻyilganda garovga oluvchining huquqlari
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Agar shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqlar garovga oluvchi:
a) majburiyat bilan taʼminlangan garov ijrosi muddati boshlanganidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 47-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovga qoʻyilgan huquq oʻziga oʻtkazilishini sud orqali talab qilishga;
b) garovga qoʻyilgan huquq masalasi koʻrib chiqiladigan sud ishida uchinchi shaxs sifatida qatnashishga;
v) garovga qoʻyuvchi 47-moddaning 1-bandi “g” bandchasida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquq uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining oldini olish uchun mustaqil ravishda himoya choralarini koʻrishga haqlidir.
