47-modda. Huquqlar garovida garovga qoʻyuvchining majburiyatlari
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Basharti, shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi:
a) garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash;
b) garovga qoʻyilgan huquqni berib yubormasligi;
v) garovga qoʻyilgan huquq toʻxtatilishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi;
g) garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan qilinadigan tajovuzlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi;
d) garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qoidalarga garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar doirasida qoʻllaniladi.
