“691-modda. Markaziy bankning davlat organlari va tashkilotlari bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasidagi oʻzaro hamkorligi
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-765-son) · Sana: 20.04.2022 · Amalda
Markaziy bank davlat organlari va tashkilotlaridan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir.
Davlat organlari va tashkilotlari Markaziy bank tomonidan soʻralgan, tegishli qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi kerak”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 289-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin”;
