“671-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimi
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-765-son) · Sana: 20.04.2022 · Amalda
Yuridik shaxslarning yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, isteʼmolchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini maxsus tartibga solish moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimdir (“tartibga solish qumdoni”).
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Maxsus huquqiy rejim Markaziy bank tomonidan maxsus huquqiy rejimning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash orqali joriy etilib, ushbu tartib quyidagilarni nazarda tutadi:
maxsus huquqiy rejimning uch yildan oshishi mumkin boʻlmagan amal qilish muddatini;
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlarining normalarini;
maxsus huquqiy rejim joriy etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash tartib-taomillari hamda mezonlarini, shu jumladan maqsadli indikatorlarni;
maxsus huquqiy rejimni joriy etish va qoʻllash uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni.
Maxsus huquqiy rejim amal qilishi yakunlanganidan keyin maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil oʻtkaziladi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Markaziy bank maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar hamda xizmatlarni ularning amal qilishini cheklamasdan joriy etishga doir qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi”;
quyidagi mazmundagi 691-modda bilan toʻldirilsin:
