34-modda. Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash
Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-764-son) · Sana: 15.04.2022 · Amalda
Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarning va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlari salohiyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshirilishi mumkin:
kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga moliyaviy, axborot-maslahat yordami koʻrsatish;
kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida oʻquv-uslubiy va ilmiy-pedagogik yordam koʻrsatish.
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlari xalqaro standartlarga hamda davlat standartlariga va talablariga muvofiq oʻz malakasini doimiy asosda oshirib borishi kerak.
