3-modda. Asosiy tushunchalar
Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida (355-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tovar — sotish (almashtirish) uchun moʻljallangan faoliyat mahsuli boʻlib, ishlar va xizmatlar ham shunga kiradi;
bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar — belgilangan vazifasi, qoʻllanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga koʻra taqqoslanishi mumkin boʻlgan tovarlar guruhi;
tovar bozori — tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u respublikaning maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar;
raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini cheklaydi;
insofsiz raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qoʻlga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan, ular oʻrtasida musobaqalashuvni istisno etadigan va amalga oshirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir koʻrsatish imkonini beradigan harakatlari;
ustun mavqe — oʻrnini bosuvchisi boʻlmagan tovar bozorida yoki bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) oʻziga (oʻzlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) mavqeyi ustun mavqe deb eʼtirof etiladi.
Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi oʻttiz besh foizdan oltmish besh foizgacha boʻlib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan:
