2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi
Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida (355-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar bozorlaridagi raqobatga taʼsir koʻrsatuvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun mazkur shaxslar va organlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi tegishincha harakatlari yoki tuzayotgan bitimlari Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlaridagi raqobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud boshqa salbiy oqibatlarga sabab boʻlayotgan hollarda ham qoʻllaniladi.
Ushbu Qonun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli huquqlardan qasddan foydalanish raqobatning cheklanishiga olib keladigan hollar bundan mustasno.
Mehnat, qimmatli qogʻozlar va moliyaviy xizmat bozorlaridagi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobat bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, bu bozorlarda vujudga keladigan munosabatlar tovar bozorlaridagi raqobatga taʼsir koʻrsatadigan hollar bundan mustasno.
Qonun hujjatlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻshimcha ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qoʻllanilishi ana shu subyektlarning oʻziga xos vazifalarini bajarishini cheklamaydigan qismigina qoʻllaniladi.
