17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida (355-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmalarini belgilangan muddatda bajarishlari;
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari;
jarima, penya toʻlashlari shart.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy, jinoiy va boshqa tarzda javobgarlikka tortilishi mumkin.
