16-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlib yuborish
Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida (355-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda boʻlib yuborish yoki undan tarkibiy boʻlinmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga daʼvo arizasi berishga haqlidir.
Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlib yuborish quyidagi shartlarning hammasi boʻlganida, yaʼni:
boʻlib yuborilayotgan tarkibiy boʻlinmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin boʻlsa;
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida texnologiya jihatidan oʻzaro uzviy bogʻlanish boʻlmaganida;
boʻlib yuborish natijasida tarkibiy boʻlinmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega boʻlganida amalga oshirilishi mumkin.
