Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son) · Sana: 03.03.2022 · Amalda
Geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) yuridik yoki jismoniy shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoxud uning patent vakili yoki ishonchli vakili tomonidan davlat axborot tizimlari orqali beriladi.
Talabnoma berilgan sana talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
Talabnoma berilganidan keyin Vazirlik talabnoma haqidagi maʼlumotlarni talabnoma kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5889882
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son). neolex.uz/uz/laws/law-5889887/8 (lex.uz/docs/-5889882)