7-modda. Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish shartlari
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son) · Sana: 03.03.2022 · Amalda
Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning (alohida hollarda, agar boshqa shaxslar mavjud boʻlmasa yoxud ular talabnomani berishda ishtirok etish istagini bildirmasa, bitta shaxsning) talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma:
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning manfaatlarini ifodalash uchun vakolatli, birlashma shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti (bundan buyon matnda birlashma deb yuritiladi) tomonidan;
tegishli geografik obyekt joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ham berilishi mumkin.
