25-modda. Geografik koʻrsatkichning roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish, guvohnomaning amal qilishini tugatish
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son) · Sana: 03.03.2022 · Amalda
Geografik koʻrsatkichning roʻyxatdan oʻtkazilganligi:
tovarni reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlar bilan ishlab chiqarishning imkoniyati yoʻqligi munosabati bilan;
chet el yuridik yoki jismoniy shaxslari tovar kelib chiqqan mamlakatda mazkur geografik koʻrsatkichga doir huquqini yoʻqotganligi munosabati bilan Apellyatsiya kengashining qarori asosida bekor qilinadi.
Guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati oʻtganligi munosabati bilan tugatiladi.
Guvohnomaning amal qilishi:
guvohnoma egasining Vazirlikka bergan arizasi;
guvohnoma egasi geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini yoʻqotganligi munosabati bilan Apellyatsiya kengashining qarori;
sudning qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.
