10-modda. Patent vakillari orqali vakillik
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida (O‘RQ-757-son) · Sana: 03.03.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga hamda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni, shuningdek bu ishlar bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik boshqa harakatlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradi.
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi yozishmalar uchun manzilni koʻrsatgan taqdirda, geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni hamda bu ishlar bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik boshqa harakatlarni patent vakilisiz olib borishi mumkin.
