46-modda. Ekologik sertifikatlash — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (405-II-son)
46-modda. Ekologik sertifikatlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (405-II-son) · Sana: 30.08.2002 · Amalda
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega boʻlmagan, shuningdek ularda belgilangan talab koʻrsatkichlaridan chetlangan holda xomashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ham oʻtkaziladi.
Ekologik sertifikatlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi”.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda) 9-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalarini roʻyxatga olish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatga olish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga toʻlanadi. Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda) sakkizinchi boʻlimidagi “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi ancha miqdor — eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha boʻlgan miqdor”, “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi koʻp miqdor — eng kam ish haqining besh baravari va undan ortiq miqdor”, “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi katta boʻlmagan miqdor — eng kam oylik ish haqining oʻndan bir baravaridan bir baravarigacha boʻlgan miqdor” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar, № 9-10, 165 va 182-moddalar) 345-moddasining:
beshinchi qismidagi “176 — 181, 184, 185, 1851, 188 — 192” raqamlari chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi “167” raqamidan keyin “176 — 181, 184, 185, 1851, 188 — 192” raqamlari bilan toʻldirilsin.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda):
1) 1754-moddasining dispozitsiyasidagi “(alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek roʻyxati qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa tovarlar tarzida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 224-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yoʻl qoʻyish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “186, 1861-moddalari” degan soʻzlar “186-moddalarida, 1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 248-moddasining ikkinchi qismidagi 4-band “223-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “224-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 264-moddasining birinchi qismi “1791-moddalarida” degan soʻzlardan keyin “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 287-moddasining:
1-bandidagi “164-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “164-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “176-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud oʻzgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 198-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — davlat soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
7) 288-moddasining uchinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “164-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 289-moddasining uchinchi qismi “soliq organlarining” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 290-moddasining uchinchi qismi “Bojxona qoidalari” degan soʻzlardan keyin “yoki soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 291-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi “d” bandi bilan toʻldirilsin:
“d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1861-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda hamda 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 762-moddasi:
uchinchi qismidagi “omonatchi talab qilishi bilanoq” degan soʻzlar “omonatchining talabi bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish huquqidan, muddatli yoki boshqa omonatni esa xabardor etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati oʻtganidan keyin olish huquqidan voz kechish haqidagi sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy emas”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida boʻlsa, u oʻzining bu niyatidan bankni omonatni olishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muddatli yoki boshqa omonat, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat yuzasidan foizlar toʻlanmaydi”.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 10-modda):
1) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 46-modda. Ekologik sertifikatlash Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (405-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-58471/46 (lex.uz/docs/-58459)