11-modda. Umumiy mulkdagi uy-joy binolariga egalik qilish
Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida (351-I-son) · Sana: 27.12.1996 · Amalda
Uy-joy mulkdorlardan har birining ulushi aniqlab qoʻyilgan (ulushli mulk) yoki ulushlar aniqlab qoʻyilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk boʻlishi mumkin.
Umumiy ulushli mulkda mustaqil ravishda boshqa shaxsga berish mumkin boʻlmagan obyektlarga quyidagilar kiradi: uylarning umumiy joylari, ustun va toʻsinlar, kvartira tashqarisidagi yoki ichkarisidagi, bittadan ortiq kvartiraga xizmat qiluvchi mexanik, elektr, sanitariya-texnika va boshqa qurilmalari.
Uyning umumiy mol-mulkidagi, kvartiralar mulkdorlari ulushining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash xarajatlarini mulkdorlar oʻrtasida taqsimlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Kvartira mulkdori turar joy binosining umumiy mol-mulkidagi oʻz ulushini boshqa shaxsga berishga, shuningdek bu ulushning kvartiraga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga oʻtishiga olib keluvchi oʻzga harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
