“121-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining va uning hududiy boʻlinmalarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-747-son) · Sana: 25.01.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida:
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarning har tomonlama, uygʻun rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga koʻmaklashuvchi axborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
