Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi.
Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan muomalaga layoqatli aʼzolaridan biridir.
Fermer xoʻjaligining boshligʻi vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt boʻlmaganida u oʻz vazifalarini bajarish vakolatini shu xoʻjalik aʼzolaridan biriga yoki ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga (shartnoma asosida) berishga haqlidir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-30974
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 4-modda. Fermer xoʻjaligining boshligʻi Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-5826/4 (lex.uz/docs/-30974)