25-modda. Mahsulotni fermer xoʻjaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat xaridi tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydi.
Fermer xoʻjaligi yetishtirayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berish, shuningdek chet ellik sheriklar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
