24-modda. Fermer xoʻjaligidagi mehnat
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligining faoliyati koʻproq xoʻjalik aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Fermer xoʻjaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida jalb etilishi mumkin.
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasini tuzish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Fermer xoʻjaligidagi ish tartibini xoʻjalik boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. Fermer xoʻjaligi boshligʻi xoʻjalik aʼzolarining va xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritadi.
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda, taraflarning kelishuviga binoan pul tarzida ham, natura tariqasida ham amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi asosida fermer xoʻjaligida ishlayotgan shaxs xoʻjalik mol-mulkiga fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan pul yoki boshqa xil ulushni kiritishga hamda qoʻshgan ulushiga mutanosib ravishda xoʻjalik daromadi (foydasi) taqsimotida qatnashishga haqlidir.
Fermer xoʻjaligining aʼzolari, shuningdek xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
Fermer xoʻjaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida mehnat stajiga qoʻshiladi.
Fermer xoʻjaligining aʼzolari hamda xoʻjalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
