20-modda. Fermer xoʻjaligining mol-mulkiga boʻlgan mulk huquqi
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.
Fermer xoʻjaligining mol-mulki, agar uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan boʻlmasa, uning aʼzolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi.
Fermer xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xoʻjalik aʼzolari tomonidan oʻzaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Fermer xoʻjaligi tarkibidan boshqa fermer xoʻjaligi tashkil etish maqsadida chiqayotgan aʼzolargina fermer xoʻjaligi tarkibidan chiqqanda mol-mulkdagi ulushni naturada yoki teng qiymatda olish huquqiga ega.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, koʻpaytirish, olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
