18-modda. Fermer xoʻjaligi aʼzolarining huquq va majburiyatlari
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida (602-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Kuchini yo'qotgan
Fermer xoʻjaligining aʼzolari:
xoʻjalik aʼzolari oʻrtasidagi shartnoma shartlariga bogʻliq tarzda birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan (foydadan) oʻz ulushini olish;
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilish va ijtimoiy taʼminlanish huquqiga ega.
Fermer xoʻjaligining aʼzolari:
fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi;
belgilangan mehnat tartibiga boʻysunishi shart.
Qonun hujjatlarida fermer xoʻjaligi aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
