20-modda. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari
Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-731-son) · Sana: 26.11.2021 · Amalda
Noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mazkur sohadagi texnik va boshqa talablarga rioya etish;
nashrlarni tayyorlashni va chiqarishni belgilangan ixtisoslashuv boʻyicha amalga oshirish;
chiqarilayotgan nashrlarning nashriyot-matbaa sifati belgilangan talablar va standartlarga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
mualliflik huquqiga rioya etish;
tayyorlangan nashrlar (shu jumladan ushbu mahsulot tarkibiga kiritilgan asarlar) hisobini ularning nomini, nusxalar sonini, shuningdek nashriyotning yoki buyurtmachining mazkur nashrga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda yuritish.
