51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida (407-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;
qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqam belgilariga;
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida davlat organlarining ramziy belgilarida (bayroq, emblema — geraldik belgi, vimpel va boshqa ramzlar) va ularning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining asosi yoki elementi sifatida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, oʻquv-tarbiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida rasmiy xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʻlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
Harbiy yoki boshqa davlat xizmatida boʻlgan shaxslarning kiyim-boshida va farqlovchi nishonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
Xalqaro sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
