4-modda. Ilm olish xuquqi
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, eʼtiqodi va dinga munosabatidan, ijtimoiy ahvoli, mashgʻulotining turi, turar joyi, respublika hududida qanchadan beri yashayotganligidan qatʼiy nazar, barchaning taʼlim olishi uchun teng huquqlarni kafolatlaydi.
Taʼlim muassasalariga qabul qilish shartlari davlat boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlangan qoidalar bilan belgilanadi.
Taʼlim olish huquqi:
taʼlim olish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
davlat tasarrufidagi va davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;
davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarida bepul taʼlim olish davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarida belgilangan meʼyorlar doirasida taʼlim olish;
taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi, oiladagi va eksternat taʼlim kabi turli shakllaridan foydalanish, davlat taʼlim muassasalarida shartnoma asosida pullik taʼlimni yoʻlga qoʻyish;
barcha turdagi taʼlim muassasalarini bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichi oʻquv yurtiga kirishlarida teng huquqqa ega ekanligi bilan taʼminlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari taʼlimni shartnomalar va bitimlarda belgilangan shartlarda va tartibda respublika taʼlim muassasalarida oladilar.
