3-modda. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan, chunonchi:
taʼlim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratikligi;
taʼlim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
davlat taʼlim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;
taʼlimda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
davlat taʼlim standartlari doirasida hammaning taʼlim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;
tayanch (toʻqqiz sinf hajmidagi) taʼlimning majburiyligi;
taʼlim, maʼnaviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimdonlik va isteʼdodni ragʻbatlantirish;
taʼlim muassasalarida chet tillarni oʻrganish, din tarixi va jamiyat madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish;
taʼlim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning taʼsiridan holi boʻlishi;
tarbiyalanuvchilar va taʼlim oluvchilarni hurmatlash;
pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeyini hurmatlash;
amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi talim muassasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilligidan iboratdir.
