28-modda. Talim oluvchilarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim oluvchilar belgilangan tartibda stipendiyalar, nafaqalar, yotoqxonalar, internatlar, imtiyozli yoki bepul ovqat bilan va boshqa imtiyozlar bilan taʼminlanadilar.
Taʼlim oluvchilarga kutubxona fondi, oʻquv-ishlab chiqarish, sport, maishiy xizmat va sogʻlomlashtirish bazalaridan, transport xizmatidan, teatr va boshqa tomosha muassasalarining xizmatidan belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda foydalanish kafolatlanadi.
Davlat iqtidorli yoshlarga moddiy jihatdan koʻmak berish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlardagi yotakchi taʼlim muassasalarida oʻqish tajriba oshirish imkoniyatini yaratish yoʻli bilan doimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatadi.
