27-modda. Taʼlim oluvchilarning huquq va majburiyatlari
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim oluvchilar:
oʻz insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi, vijdon erkinligi, axborot erkinligi, oʻz qarashlari va eʼtiqodlarini erkin ifoda etish;
davlat standartlariga muvofiq taʼlim olish;
oʻquv yurtini tanlash, shuningdek taʼlim muassasasining ustaviga muvofiq taʼlim sohasi, shakllari va muddatlarini, yakka tartibdagi dasturlarini tanlash;
taʼlim muassasasini boshqarishda ishtirok etish;
turli xil ilmiy faoliyat, konferensiyalar, olimpiadalar, koʻrgazma, tanlovlarda ishtirok etish;
olgan malakalariga muvofiq ravishda oʻz kasblari, ixtisoslari boʻyicha taʼlimni davom ettirish, shartnoma asosida qoʻshimcha taʼlim olish;
yosh hususiyati va salomatligi holatiga monand mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
ish joyida haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil olish, qisqartirilgan vaqt va ishlab chiqariщdan ajralmagan holda taʼlim oluvchi shaxslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadir.
Taʼlim oluvchilarni oʻqish vaqti hisobidan taʼlim jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan ishga jalb etish taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Taʼlim oluvchilarning vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, axloq va odob qoidalariga rioya etish;
taʼlim muassasasining ustavi va ichki tartib qoidalariga rioya etish;
oʻz bilimlari amaliy koʻnikmalar kasb-kor mahoratlarini muntazam ravishda mustahkamlab borish hamda oʻzlarining umumiy madaniy saviyalarini oshirishdan iboratdir.
Taʼlim oluvchilarning boshqa huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularning ustavlari bilan belgilanadi.
