21-modda. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining taʼlim sohasidagi huquq-vakolatlari
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari;
taʼlim muassasalari tarmoqlarining oʻz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning talab-ehtiyojlariga mos kelishini taʼminlaydilar;
respublika idoralari tasarrufidagi oʻquv yurtlari va taʼlim muassasalaridan tashqari oʻquv yurtlari va boshqa taʼlim muassasalari tashkil etadilar, ularni qayta tashkil etadilar va tugatadilar, ularning ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazadilar;
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan mahalliy ahamiyatga molik taʼlim muassasalari ochish uchun litsenziyalar beradilar;
oʻz vakolatlari doirasida oʻz hududlaridagi taʼlim muassasalari uchun pul bilan taʼminlashning miqdorlarini, ish haqi toʻlash shartlari va soliq imtiyozlarini belgilaydilar, korxonalar, tashkilotlar, kooperativlar, aksiyador muassasalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari boshqa badallar va ionalar hisobidan taʼlimni rivojlantirish fondlarini shakllantiradilar;
taʼlim boʻyicha kengashlar, taʼlim muassasalari rahbariyati bilan birgalikda taʼlim oluvchilar va taʼlim xodimlarining ijtimoiy taʼlim ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydilar;
oʻz hududlarida ishchi kadrlar va mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar;
turar joylarda bolalar va yoshlarni tarbiyalash, ularning qobiliyatlarini oʻstirish va talab-ehtiyojlarini qondirish uchun lozim shart-sharoitlar yaratadilar;
vasiylik qilishga doir masalalarni qonunlarda belgilangan tartibda hal etadilar;
oʻz vakolatlari doirasida taʼlimning, pedagog xodimlar kasb-kor tayyorgarligining darajasiga nisbatan qoʻyilgan davlat talablariga rioya etilishi ustidan oʻz huquq-vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradilar.
