20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi vakolatlari
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim sohasida Oʻzbekiston Respublikasining tasarrufiga oliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladigan:
taʼlim sohasida yagona davlat siyosati belgilash va amalga oshirish;
taʼlim sohasida huquqiy boshqarishni amalga oshirish;
taʼlimni rivojlantirish, uning moddiy-texnika jihatidan taʼminlash turlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
taʼlimni davlat tomonidan boshqarilishining markaziy idoralarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish;
taʼlim muassasalari tashkil etish, ularni qaytadan tuzish va tugatish tartibini belgilash, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar namunalarini va ularni berish tartibini tasdiqlash;
taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiya qilish, ularga litsenziyalar berish tartibini, pedagogik va ilmiy kadrlarni attessiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;
taʼlimning jahon darajasiga mos davlat standartlarini belgilash;
respublika budjetining taʼlimga yoʻnaltiriladigan ulushini belgilash;
taʼlimni pul bilan taʼminlashning davlat meʼyorlarini, shu jumladan taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlarni moddiy taʼminlashning meʼyorlarini, taʼlim muassasalariga soliq solish taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlarga imtiyozlar berish tartibini belgilash;
taʼlim va fanni rivojlantirish respublika fondini shakllantirish;
pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish vakolatlari kiradi.
