8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-713-son) · Sana: 13.09.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida, transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy va texnogen xavf yuqori boʻlgan hududlarda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni tashkil etadi;
kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo boʻlganda ularning oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur choralar koʻradi;
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
seysmik xatarni va kuchli zilzilalar oqibatlarini baholashga doir ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazishda, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
seysmoprognostik monitoring amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
aholini va davlat organlarini kuchli zilzilalar toʻgʻrisida tezkor xabardor qiladi;
kuchli zilzilalar, ular tomonidan keltirib chiqarilgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha turdagi resurslar zaxiralari shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;
zilzilalar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
zilzilalar vaqtida aholini tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash maqsadida seysmik faol zonalarda muntazam ravishda seminar va treninglar oʻtkazadi;
yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalar oqibatlarining bartaraf etilishini hamda bunday vaziyatlarda davlat tizimi kuchlari va vositalarining shayligini taʼminlaydi;
avariya-qutqaruv kuchlarining, maxsus texnikaning va maxsus tuzilmalarning zilzilalar epitsentrida tezkor-qutqaruv ishlarini amalga oshirishga doir doimiy shayligini taʼminlaydi;
seysmik xavfsizlikni taʼminlashga doir tadbirlarni amalga oshirish chogʻida qutqaruv ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
aholini zilzilalar vaqtida oʻzini tutish qoidalari bilan tanishtiradi, ularga tayyorgarlik koʻrishga doir tegishli uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilishi va tarqatilishini taʼminlaydi;
