4-modda. Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlar
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-713-son) · Sana: 13.09.2021 · Amalda
Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklarining hududi;
mudofaa, sanoat, agrar, energetika, ilmiy-texnika majmualari, suv omborlari va gidrotexnika inshootlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, taʼlim tashkilotlari, jamoat va turar joy binolari;
moddiy va madaniy meros obyektlari;
koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tonnellar va yoʻllar;
muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr taʼminoti tarmoqlari.
