16-modda. Seysmik xatarni kamaytirish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-713-son) · Sana: 13.09.2021 · Amalda
Seysmik xatarni kamaytirishga quyidagi choralarni amalga oshirish hisobidan erishiladi:
ilmiy-texnik yechimlar asosida binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash;
aholining xabardorligi va tayyorgarligi darajasini oshirish;
tegishli davlat organlari va tashkilotlarini seysmik xatarlarni boshqarishga tayyorlash;
aholini barvaqt ogohlantirish tizimini yaratish, uning tibbiy tayyorgarlik darajasini oshirish;
favqulodda vaziyatlarga nisbatan tezkor harakat qilish kuchlarini tayyorlash va takomillashtirish;
kuchli zilziladan zarar koʻrgan zonani tiklash va aholini reabilitatsiya qilish.
Seysmik xatarni kamaytirish choralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.
