202-modda. Transport vositalari egalarining va sugʻurtalovchilarning yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish chogʻidagi har — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-711-son)
202-modda. Transport vositalari egalarining va sugʻurtalovchilarning yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish chogʻidagi harakatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-711-son) · Sana: 25.08.2021 · Amalda
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan hodisa sodir boʻlganidan keyin haydovchilar tomonidan darhol joyning oʻzida va ikki nusxada tuziladi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilgan sugʻurtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi:
yoʻl-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari toʻqnashgan joyning (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;
yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yoʻl-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran toʻrt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari, shuningdek sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasi sugʻurtalovchiga ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, sugʻurtalovchining dasturiy taʼminoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan oʻtkazish qiymati sugʻurtalovchi tomonidan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Transport vositalari egalari yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan transport vositalarini koʻrikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun soʻrov olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida sugʻurtalovchining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Transport vositalarining egalari transport vositalarini sugʻurtalovchining yozma roziligisiz yoki sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoxud uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar taʼmirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.
Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoki uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Transport vositalarini koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan muddatda, sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida belgilangan sugʻurta tovoni miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sugʻurtalovchiga taqdim etilganidan soʻng oshgan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurta summasining faqat ushbu Qonun 22-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlmagan qismini sugʻurta tovoni sifatida toʻlaydi.
Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
5) 24-modda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mazkur shaxs yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilganidan keyin toʻrt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish choralarini koʻrmagan boʻlsa yoki yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani sugʻurtalovchiga uzrli sabablarsiz oʻz vaqtida taqdim etmagan boʻlsa”;
yettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar; № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova) 174-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazishni”;
oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 178-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
2) 272-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami”;
3) 447-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor jismoniy shaxsning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), yuridik shaxslar uchun esa — soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
5) sud hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 145-modda birinchi qismining 3-bandi “yashash joyi” degan soʻzlardan keyin “jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 196-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
3) 337-modda birinchi qismining 4-bandi “yashash joyi” degan soʻzlardan keyin “qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova) 279-moddasi birinchi qismining 4-bandi “yashash joyi” degan soʻzlardan keyin “qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-546-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 384-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 4-moddaning:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi qonun loyihasining ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish”;
beshinchi xatboshisidagi “zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 9-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, soliq hamda budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 13-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Hisob palatasining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha” degan soʻzlar “Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “budjet hamda smeta-shtat intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar haqidagi” degan soʻzlar “budjet va smeta-shtat intizomining, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari haqidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 202-modda. Transport vositalari egalarining va sugʻurtalovchilarning yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish chogʻidagi harakatlari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-711-son). neolex.uz/uz/laws/law-5601207/202 (lex.uz/docs/-5601201)