9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
qimmatbaho metallardagi aktivlarni toʻldirish uchun davlatning affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotuvi yoʻlga qoʻyilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari va quymalarning narxlarini jahon bozorida shakllangan narxlardan kelib chiqqan holda belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlarini hamda qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini va qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
