10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi):
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash, ulardan namunalar olish, ularni tahlil qilish, qimmatbaho toshlarning xususiyatlarini aniqlash, shu jumladan ularni tasniflash, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalari izlarining va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar shaxsiy tamgʻalarining texnik ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajalari aniqlanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalari izlarining, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamgʻalari izlarining (bundan lazer usulida qoʻyilgan izlar mustasno) texnik ekspertizasini oʻtkazadi va ular boʻyicha xulosalar beradi;
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzgan holda realizatsiya qilayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalashni amalga oshiradi;
