48-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalash
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlariga tushiriladi.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan tarkibiy qismlari hajmlari hamda joylashuvi davlat asillik qoʻshimcha darajasi tamgʻasini bosish imkonini bermagan hollarda bunday qismlaridagi qimmatbaho metallning tarkibi tasdiqlanmaydi va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bunday qismlarining asillik darajasi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchining zimmasida boʻladi.
