“461-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan oʻlchamlari
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi:
1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
2) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bogʻdorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
gʻallachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-toʻqimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bogʻdorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar”;
28) 54-modda chiqarib tashlansin;
29) 55-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi”;
